Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Rektori va prorektorining 1 kurs talabalarini ota-onalari bilan mamlakatda hamda oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, talabalarga yaratilgan sharoitlar, talabalarning burchlari va huquqlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalasi bo‘yicha tashkil etilgan tadbir mohiyat e’tibori bilan ahamiyatli bo‘ldi. Unda “Yer resurslarini boshqarish” fakultetini 1 kurs talabalari va ota-onalar ishtirok etishdi.
Tadbirni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori U.Umurzakov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimiz Prezidentining shu bir yarim yil mobaynida jannatmakon o‘lkamizda qilgan katta o‘zgarishlari to‘g‘risida yig‘ilganlarga aytib o‘tdilar.
Ular o‘z nutqlarida Prezidentimizning barcha sohalar kabi, ta’lim sohasiga ham alohida e’tibor qaratganliklari to‘g‘risida, yurtboshimizning yoshlarga qancha ko‘p e’tibor bersak, sharoitlarini qilsak, ularni qo‘llab - quvvatlasak, bizning eng katta yutug‘imiz shu bo‘ladi degan mazmundagi fikrlarini keltirib o‘tdilar.
Shu nuqtai nazardan qaralganda bizning institutimizda ham shaxsan yurtboshimiz tomonida pul mablag‘i ajratilganligi, bu mablag‘ga albatta, biz institutimiz rivoji uchun talabalarimizga barcha qulayliklar yaratish, ularni yotoqxonalar bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha turar joylari qurish, bundan tashqari talabalar o‘qish jarayonida mukammal bilim olishlari uchun zamonaviy texnologiyalar sotib olishni rejalashtirganmiz, dedilar. So‘zlari so‘ngida ota-onalarga murojaat qildilar, ularni qiynayotgan qanday muammolari borligi, nafaqat ota-onalar qolaversa, talabalardan ham bir yil o‘qish mobaynida qanday muammolari qiynayotganligi to‘g‘risida savollar bilan murojaat qilishlarini so‘radilar. O‘z navbatida ota-onalar, talabalar ham o‘zlarini qiynayotgan muammolarni aytishdi. Tadbir savol-javobga boy tarzda o‘tdi.
“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani o‘rinbosari H. Eshova axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov