Dunyodagi har bir ixtiro har qanday izlanish inson salomatligi uning yaxshi yashashi, qulay sharoitda istiqomat qilishi uchun vosita hisoblanadi. Inson sog‘lig‘i uning organizmi hali to‘liq o‘rganilmagan soha bo‘lib, juda ko‘pgina qiziqarli va sirli faktlarni o‘zida mujassam etgan. Ammo bizga ma’lum bo‘lgan, o‘rganilgan jihatlardan biz doimo bohabar bo‘lib, o‘zimiz va yaqinlarimiz sog‘ligiga e’tiborli bo‘lishimiz uchun sohani o‘rganishimiz hamda doim birinchi yordamga tayyor turishimiz lozim. Aynan shu mavzuda Gidromelioratsiya fakulteti 2 kurs Kasb ta’limi yo‘nalishi talabalariga “Inson salomatligi. Sog‘lom va kasal organizm” mavzusida Ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Ochiq ma’ruzada O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimi Zohid Mamatqulov hamda kafedra a’zolari ishtirok etishdi. Ochiq ma’ruza tajribali va izlanuvchan, Pedagogika psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Madazizova Dilfuza Raxmatullayevna o‘tkazdi. Ochiq ma’ruza avvalida talabalarga “Vaziyatli topshiriqlar” berilib, shunday vaziyatlarga tushganda talabalar o‘zlarini bilimlarini qay darajada qo‘llay olishlari o‘rganildi.
Gerontologiya tasnifi(klassifikatsiya)ga binoan esa talabalar uzoq umr ko‘ruvchi kishilar o‘zlarining ma’lum xususiyatlariga ko‘ra
60 dan 74 yoshgacha – yoshi qaytgan kishilar;
75 dan 89 yoshgacha – qarigan kishilar;
90 dan oshgan kishilar – uzoq umr ko‘ruvchilar ; 3 guruhga bo‘linishi haqida bilib oldilar.
Mavzu davomida talabalarga botulizim, qutirish kabi kasalliklar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Tarqatma materiallar orqali talabalar kasallik davrlari, ilk davrida qanday yordam ko‘rsatish mumkinligi to‘g‘risida bilim ko‘nikmalrini oshirdilar. Ma’ruza so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti