Kelajak bugundan boshlanadi

Maktabga qo’ygan ilk qadam unutilmas va hayajonli bo’lishi aniq.  Yoshlarni ruhlantirish, ularda istiqbolga ishonch va umid tuyg’usini yanada yuksaltirish davr talabi.

Institutimiz rektori tashabbusi bilan 2018 - yil 18-19 sentyabrda Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 49 - sonli maktabga “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 3 - kurs 3 - guruh murabbiyi va talabalari bu yil birinchi sinfga qabul qilingan bolajonlarga o‘quv qurollari topshirishdi.

Bu harakat va tashabbus yoshlarda jonajon vatanimizga mehr - muhabbatni oshirish ishtiyoqi bilan bog’liq. O’quv qurollarini qabul qilgan yoshlar institutimiz rektori O‘.P. Umurzakovga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib qolishdi. 

“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti  assistenti O‘tkir Islomov va S. Hikmatullayev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov