Koreya istiqbolli tadqiqot fondi dasturi

Koreya istiqbolli tadqiqot fondi tomonidan (Korea foundation for advanced studies KFAS) har yilgi Osiyo mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchi hamda ilmiy tadqiqodchilar uchun “2018-2019 yillarda Xalqaro ilmiy almashinuv” dasturi e’lon qilindi.

“Korea foundation for advanced studies KFAS” dasturi Osiyo mamlakatlarining rivojlanishi hamda xalqaro almashinuvi va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

Ushbu dastur 6 oy yoki 1 yil (nomzod ixtiyoriga ko‘ra) davom etadi va ingliz tilida olib boriladi.

Mazkur dastur ishtirokchilari uchun 3 mln. koreya voni (taxminan 2600 $) oylik stipendiya ajratiladi va dastur boshlanishida hamda tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli yakunlagach yana 1 mln. von taqdim etiladi.

Dastur bilan bog‘liq harajatlar, jumladan aviachipta, tibbiy sug‘urta va maqolalarni nashr ettirish harajatlari Koreya tomonidan qoplanadi.

Dasturda qatnashish uchun 2018 yil 28 fevralgacha ro‘yxatdan o‘tish hamda barcha kerakli anketalarni quyidagi veb-cahifa orqali to‘ldirish talab qilinadi: www.kfas.or.kr.

TIQXMMI Xalqaro aloqalar bo‘limi

237-09-87