TIQXMMI Axborot - resurs markazi 2018 yil 10 - 17 mayga qadar professor-o‘qituvchilari tomonidan hadya qilingan adabiyotlarning Ochiq namoyishi ko‘rgazmasini o‘tkazadi. Ko‘rgazmaga - rektorat, dekanatlar, barcha fakultetlarning professor-o‘qituvchilari, talabalar va institut xodimlari taklif etilgan.
Zalda rus va o‘zbek tillarida badiiy adabiyotlar, shu bilan bir qatorda ilmiy-ommabop adabiyotlar namoyish etilgan. Jami o‘zbek, rus va xorijiy tillarda 1100 ta kitoblar mavjud. Ko‘rgazmaga kelganlarda TIQXMMI rektorati tomonidan ARMga hadya Rossiya kitoblari katta qiziqish uyg‘otdi.
Ko‘rgazmada nafaqat sizni qiziqtirgan nashrlarni ko‘rishingiz, balki ko‘rgazma tugagandan so‘ng kerakli adabiyotlardan foydalanishga olish uchun buyurtma qoldirishingiz mumkin bo‘ladi. Ko‘rgazma tashkilotchilari kun davomida o‘qituvchi va talabalarni qiziqtirgan savollariga javob bergan holda muloqot olib boradilar.
Ko‘rgazma o‘z ishini davom ettirmoqda. Bugun, ko‘rgazma o‘tkazilishining birinchi kuni bo‘lishiga qaramay, unga 100 dan ortiq kishi tashrif buyurdi.
Badiiy adabiyotlarning Ochiq namoyishi ko‘rgazmasiga barchani taklif etamiz.
ARM direktori v.b. Sh. E. Tillashayxova