Muzey moziy muhri bo'libgina qolmay, balki ma'lumot olish, taassurot uyg'otish mazmuni bilan ham qimmatlidir. Ko'rish, kuzatish va bilish manbai sifatida muzeylarga borish insonni taassurotlarga boy qiladi.
"Gidromelioratsiya" fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo‘nalishi 2-kurs 202-guruh talabalari guruh murabbiysi “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Mamataliyev A.B. rahbarligida "Olimpia shon-shuhrati" muzeyiga tashrif buyurishdi. Talabalar u yerda mamlakatimizda sportga bo‘lgan e’tiborning qay darajada yuqoriligini ko‘rish bilan birgalikda, sport sohasida xalqaro miqyosda erishilgan yutuqlar va faxrli chempionlarimiz bilan hamda O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixiga oid hujjatlar bilan tanishishdi.
Bu tashrif guruh talabalarida katta taassurotlar qoldirdi, faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi. Albatta bu tashrif talabalarning vatanparvarlik tuyg'usini yuksaltirish va yanada yuqori saviyaga ko‘tarish uchun xizmat qiladi, katta-katta yutuq va g‘alabalarga erishishga hamda Vatanimiz dovrug‘ini yanada kengroq yoyishga chorlaydi.
Dotsent Adham Mamataliyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov