O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining O'zbekiston yoshlar ittifoqi mahalliy hamda hududiy Kengashlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va rivojlantirish bo'yicha berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani Kengashi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti boshlang'ich tashkiloti bilan hamkorlikda "Yozni Kamalak bilan o'tkaz" loyihasi doirasida Mirzo Ulug'bek tumani 275-maktabda ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbir uchun institut yoshlar ittifoqi faollari tomonidan maxsus dastur tuzilib bolajonlar e'tiboriga havola etildi. Institut rahbariyatiga M.Ulug'bek tuman Kengashi raisi D.Ganiyev va maktab direktori o'quvchilar nomidan minnatdorchilik bildiradi.
Institut yoshlar ittifoqi "Yoshlar media klubi" rahbari Ulug'bek Manzirboyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov