O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 apreldagi “2017 yil “Xalq bilan muloqot va insonlar manfaatlari yili” munosabati bilan “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz!” nomli targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 63-sonli (08/1-248 17.04.2017 y.) majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, Yoshlar madaniyat va san’at markazi hamkorligida “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz!” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga “Satira” teatri aktyori, “Do‘stlik” ordeni sohibi H.Nizomiddinov, tarixchi N.Ubaydullaeva, estrada xonandasi Dildora Olimjonova, aktrisa va rejissyor L.Yo‘ldosheva, shoir Safar Olloyorlar tashrif buyurishdi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari va o‘y-fikrlari bilan ishtirok etishdi.
Ma’naviyat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Dilbarxon Siddiqova axboroti
Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov