Mana yurtimizga bahor ayyomi ham kirib keldi. Bahorning ilk kunlaridanoq bayram va tantanalar boshlanib ketdi. 1-mart buyuk o`zbek ayoli shoira Zulfiyaxonim tavallud topgan kun shu bayramlarning debochasidir.
2018-yil 2-mart kuni “Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti 2-bosqich 5-guruh talabalari guruh murabbiyi F.To`rayev boshchiligida O`zbekiston milliy bog`ida joylashgan adiblar xiyoboniga tashrif buyirishdi.
Buyuk o`zbek adib va shoirlari monumentlari bilan bezalgan bu xiyobonda shoiramiz Zulfiyaxonim hamda Hamid Olimjonga atab qo`yilgan monumentlar ham mavjud. Talabalar bu sevgi timsoliga aylangan juftlik xotirasini eslab ularni ziyorat qilishdi. Ularning go`zal hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo`lishdi hamda mazmunli vaqt o`tkazib hordiq chiqarishdi.
Shu kabi sayohatlar va yangicha innovatsion g`oyalar bilan chiqib, guruh axborot soatlari hamda amaliy darslarni institut hududida turib emas, balki boshqacha usullar bilan, talabalarni mavzuga mos diqqatga sazovor joylarga olib chiqib, saboq berilsa, talabalarga yanada qiziqarliroq bo`lar edi. Boshqa murabbiylardan ham shu kabi tashabbuskorlik kutib qolamiz!
“Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti 2-bosqich 5-guruh murabbiyi To`rayev Fozil axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov