Toshkent shahrida joylashgan Oliy o‘quv yurtlari bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroekonomika, statistika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriaturaning kunduzgi bo‘limi oxirgi ikki kursida hamda magistraturaning 2-kursida ta’lim olayotgan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasi tanlov asosida tayinlanadi.
2018/2019 o‘quv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 1 fevraldan boshlab tayinlanadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati - 2019 yil 1-15 fevral, ko‘rib chiqish va tanlov muddati - 16 fevral -1 mart.
Markaziy bank stipendiyasi har yili, bir o‘quv yili uchun, sentyabr oyidan boshlab, belgilanadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati - 2-15 sentyabr, ko‘rib chiqish va tanlov muddati - 16 sentyabr - 1 oktyabr.
Markaziy bank stipendiyasi respublika hududida o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Markaziy bank stipendiyasini tayinlash uchun qo‘yidagi mezonlar belgilanadi:
Markaziy bank stipendiyasiga talabgorlar Markaziy bankning info@cbu.uz elektron manziliga elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Zarur hollarda hujjatlarning asl nusxalari talab etiladi.
Stipendiatlar o‘z hoxishiga ko‘ra oliy o‘quv yurtlarini bitirganlaridan so‘ng bank tizimiga ishga joylashtiriladi.
Stipendiatlar bakalavriaturani tugatganidan so‘ng, Markaziy bankka ishga kirgan taqdirda, tegishli xalqaro moliya institutlariga tajriba almashish va mutaxassislik bo‘yicha magistratura yoki PhD yo‘nalish bo‘yicha o‘qish uchun xorijga umumiy tanlov asosida yuborilishi mumkin.
Bog‘lanish uchun telefon raqamlari (71) 212-6064, 212-6044.
Manba:http://cbu.uz