2018 yil 31 yanvar kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya” fakulteti , “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi dotsenti Satbay Nurjanov, Safar Mansurov, tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar tomonidan reja asosida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 80 yilligi yubileyi munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 25 yil ichida va tashqi siyosatda o‘z yo‘lini tanlab, xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin va mavqega ega bo‘lishi, dunyo davlatlari bilan tinchlik-barqarorlik, tenglik va o‘zaro manfaatdadorlikka asoslangan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda Birinchi Prezidentimizning puxta o‘ylagan qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi.
Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, davlatimiz taraqqiyoti yo‘lida o‘z huzur-halovatidan kechib, yuksak fidoyilik ko‘rsatib, mehnat qilgani xalqimiz uchun ibrat namunasi bo‘lib qoldi.
4-sonli TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov