2018 yil 30 mart kuni 10:00 da TIQXMMI V-bino “7-ma’ruzalar” zalida “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalariga (256 nafar) Toshkent shahar Yunusobod tumani, Kulol Qo‘rg‘on jome’ masjidi Imom xatibi Abduraxmonov Yahyo Ubaydullaevich va Imom xatib noibi Muhammadiev Bahodir Boboraxmatovichlar “Talaba-yoshlar o‘rtasida yot g‘oyalarga qarshi targ‘ibot ishlarini tashkil etishda diniy ta’limot va ma’naviyatning o‘rni” mavzusida ma’ruza qildilar. Ma’ruza davomida Islom dinida Fitna haqida uning mohiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tilib, uning salbiy oqibatlari, odamlarga va insoniyatga keltiradigan salbiy oqibatlari to‘g‘risida misollar bilan tushuntirildi. Shuningdek, Islomdagi Firqalar to‘g‘risida hamda qadimda firqalar faoliyati ularning mohiyati to‘g‘risida hamda zamonamizdagi firqalanish xususida to‘xtalib ularning mohiyatini tahlil qilib, bugungi kunda “Xizbut tahrir”, “IShID” va boshqa firqalarning salbiy faoliyati, Islomga zid faoliyati to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar talabalarga yetkazildi. Ma’ruza davomida Imom xatib tomonidan talabalarga bugungi kunda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish uni asrab avaylashga chaqirdi hamda bugungi texnika texnologiyalarning taraqqiy etib borayotgani ko‘plab ijtimoiy norasmiy saytlarda targ‘ib qilinayotgan yot g‘oyalar ularning inson va yoshlar ongiga salbiy ta’sirlari bunday holatlarda hushyor va ogoh bo‘lishga chaqirdi va bunday norasmiy saytlar va tarmoqlarga aldanmaslikka da’vat etdi. Muqaddas dinimizni asrash uning pokligini saqlash, uni himoya qilish har bir musulmonning muqaddas burchi ekanligi bu borada diniy bilimning sayozligi oqibatida ko‘plab yoshlarning diniy oqimlar va tashkilotlar ta’siriga tushib qolayotganligi, natijada o‘z vataniga va xalqiga qarshi chiqayotganligi juda achinarli holatligini hayotiy misollar bilan tahlil qilib berildi. Shuningdek, bugungi kunda diniy ekstremistik tashkilotlarning g‘ayri insoniy, g‘ayri diniy maqsadlari va faoliyati ilmiy jihatdan tahlil qilinib, talabalarga yetkazildi. Yovuzlikni va jaholatni oldini olishda ilm-ma’rifatning o‘rni shuningdek, diniy ma’rifatning o‘rni va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi. Ma’ruza qizg‘in bahs va savol-javoblar asosida o‘tdi.
“I va M” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti