2019 yil 19 aprel kuni TIQXMMIda davom etayotgan «Construction the formation of living environment» (FORM-2019) mavzusidagi XXII xalqaro ilmiy konferensiyasi doirasida barcha seksiyalarda tushlikga qadar qurilish sohasida erishilgan ilmiy yutuqlar bo‘yicha taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Tushlikdan so‘ng “Yoshlar innovatsiyalari” mavzusida 25 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar o‘rtasida har bir seksiya bo‘yicha poster sessiyalari bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan bir qatorda Toshkent shahrida yangi qurilgan va qurilayotgan qurilish ob’ektlariga sayohat uyushtirildi. Bunda “Islom sivilizatsiyasi markazi” kompleksi, Toshkent city hamda Humo arenasiga tashrif buyurildi.
Gidrotexnika qurilishi fakulteti axboroti.