She'riyat mulkining sultoni, insonparvarlik, odob-axloq va ma'naviyat sohasida ham ibrat namunasi bo'lgan Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 577 yilligiga bag'ishlab Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 3-TTJ da "Alisher Navoiy ma‘naviyatimiz quyoshi" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati tashkil qilindi.
Unda "Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Davlat muzeyi" katta ilmiy xodimi filiologiya fanlari nomzodi dotsent Jo‘raboyev Otabek Rustambek o‘g‘li hamda "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent Rixsiboyev Ulug‘bek Temurovich, assistent Urishev Adham Ergashevich, "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi o‘qituvchilari: Jurayev Abdulla va Abdusamatov Otabeklar hamda 2-TTJ tarbiyachi-pedagogi Dilorom Sagdullayevalar ishtirokida talabalar bilan Alisher Navoiy g‘azal va ruboyilaridan ijro etildi.
Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Tadbir yakunida "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" kafedra mudiri Rizxsiboyev Ulug‘bek Temurovich so‘zga chiqib, Alisher Navoiy buyuk siymo va uning asarlarini o‘qib barchamiz yuragimizdan his qilishimizni ta’kidladi. Shu jumladan, Abdulla Jurayev ham so‘zga chiqib 3-TTJda tadbirlar shiddat bilan olib borilayotgani va faol ishtirokchilarga, tarbiyachi-pedagog Aziza Xaitova hamda insititut "Yoshlar ittifoqi" boshlang‘ich tashkiloti faollariga tadbirni ko‘tarinki ruhda tayyorlagani uchun minnatdorchilik bildirishdi.
3–TTJ Talabalar kengashi sardori Jahongir Saidahmedov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov