Germaniyaning suv tejovchi irrigatsiya tizimlarini ishlab chiqaruvchi Irriport kompaniyasining direktori Parssa Razavi, O‘zbekistondagi Germaniya iqtisodiy vakolatxonasi vakili Rayxon Kasыmova rasmiy tashrif buyurdi. Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Salohiddinov, Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi mudiri I.Begmatov, Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasi mudiri A.Sherov, Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Sh.Raxmonovlar ishtirok etishdi. P.Razavi Germaniyada 2000 yildan 2011 yilgacha turli irrigatsiya korxonalarida ishlagan. So‘ngra irrigatsiya tizimida kichik hajimdagi irrigatsiya tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha ehtiyoj borligini o‘rganga. Shundan kelib chiqib “IRRIPORT” kompaniyasiga 2011 yil asos solingan. Bugungi kunga kelib Germaniyadagi barcha kichik hajmdagi irrigatsiya tizimlarini o‘rnatish bilan birga, Eron va Pokistonga ham o‘z texnologiyalarini eksport qilish bilan shug‘ullanib kelmoqda. O‘zbekistonda ham Eron kabi iqlimiy o‘xshashliklar borligi bois, bu hududda ularni irrigatsiya tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha qiziqish bildirdi.
Institut ushbu korxonaning irrigatsiya tizimlarini demonstratsiya laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi. Uchrashuvdan so‘ng esdalik sovg‘alari ulashildi.