Germaniyaning Vaynshtefan-Trizdorf nomidagi amaliy fanlar universiteti professori Yoxannes Xolzner (Johannes Holzner) tashrif buyurdi. Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor, professor A.Salohiddinov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov ishtirok etishdi. Prof. Yoxannes Xolzner 17 davlatlar o‘rtasida tuzilgan xalqaro magistratura (Xalqaro qishloq xo‘jaligi menejmenti) xususida ma’lumot berdi. Jumladan, Germaniya, O‘zbekiston, Armaniyaston, Ozaybayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina, Rossiya, Paragvay, Bosniya va Gersegovina, Kambodja, Mongoliya, Polsha, Ruminiya, Serbiya, Tailand davlatlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikda magistratura tashkil etilgan.
Ushbu magistratura dasturi 20 yildan beri faoliyat yuritmoqda. Jumladan, Samarqand davlat universiteti va Urganch davlat universitetlarida ushbu magistratura yo‘lga qo‘yilgan. Armaniston milliy agrar universitetida yo‘lga qo‘yilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi menejmentida tahsil olgan magistrantlar o‘qish yakunida ham Armaniston ham Germaniya diplomini olishi belgilab qo‘yilgan ekan. Ushbu magistraturani ham TIQXMMI qoshida ochish imkoniyatini taklif etdi. Bu bilan ko‘p sonli tarmoqli hamkorlikni biriga aylanishni taklif etdi. Uchrashuv o‘zaro iliq va do‘stona ko‘rinishda o‘tdi. Uchrashuv so‘nggida esdalik sovg‘alar berildi.