“Talaba-yoshlarni yot g‘oyalarga qarshi murosasizlik ruhida tarbiyalashda diniy ma’rifatning o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi PQ-3528-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida joriy yilning 11 may kuni soat 10:00 da TIQXMMI G-bino, 2-ma’ruzalar zalida “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalariga (152 nafar) Toshkent shahar Yunusobod tumani Bosh Imom xatibi Raxmatullo Sayfutdinov va Imom xatib noibi Muhammadiev Bahodir Boboraxmatovichlar “Talaba-yoshlarni yot g‘oyalarga qarshi murosasizlik ruhida tarbiyalashda diniy ma’rifatning o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bugungi kunda islom dinida hadis ilmining o‘rni va ahamiyati xususida fikr bildirilib, buyuk hadisshunos olimlarimiz ilmiy me’rosining tutgan o‘rni, shuningdek, Imom Buxoriy, Xakim at-Termiziy va boshqa muhaddisshunos olimlarimizning hadislaridan misollar keltirilib, tahlil qilindi. Shuningdek, Islom dini va uning arkonlari mohiyati, ilm egallashning ahamiyati, terrorizm va diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari, ekstremistik tashkilotlarning g‘ayriinsoniy g‘oyalari, islomdagi farzlarning ahamiyati, namoz o‘qish, ro‘za tutish bilan bog‘liq majburiyatlar, Islomda ota-onaning farzand oldidagi majburiyatlari shuningdek, farzandlarning ham ota-onalar oldidagi majburiyatlari mohiyati xususida fikr mulohazalar bildirib o‘tildi. Tadbir qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tdi.

"I va M" fakulteti dekan muovini J.Turdiyev