Harajatlarni sarhisob qilish, rejalashtirib ish yuritish har bir inson o‘zi va oilasi uchun bilib olishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmani talab qiladi. Bu ayniqsa, iqtisod va menejment yo‘nalishida tahsil olayotgan, shu sohada o‘z faoliyatini yuritish niyatida bo‘lgan talabalar uchun yanada zarur hisoblanadi.
Bugun 19 aprel 2018 yil 08.30 da institutimizning B o‘quv binosi 214 auditoriyada “Harajatlar hisobi” mavzusida Ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzani “Buxgalteriya va audit” kafedrasi dotsenti Tabaev Azamat Zaripbaevich o‘tkazdi. Ma’ruzachi talablarga mavzuga tegishli bo‘lgan me’yoriy –huquqiy asoslar bilan tanishtish bilan boshladi:
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda buxgalteriya hisobi islohoti amalga oshirilishi eng asosiy masalalari bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi.
Avval 1995 yilda keyinchalik 1999 yilda “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning qabul qilinishi mamlakatimiz buxgalteriya hisobida tubdan o‘zgarishlar bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Ushbu nizom harajatlarning mohiyati, korxonaning hisobot davridagi foydasi bilan bog‘liqligidan kelib chiqib taqsimlashni belgilab berdi. bunday taqsimlsha bozor iqtisodiyoti xususiyatlaridan kelib chiqadi va u bizning buxgalteriya hisobi tizimimizni xalqaro miqyosda qo‘llanilayotgan “direkt-kosting” hisob tizimiga ancha yaqinlashtirdi.
Harajatlar hisobining aynan shu tizimga yaqinlashtirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi bajarishi kerak bo‘lgan vazifalardan kelib chiqdi.
Ma’ruzada “Buxgalteriya va audit” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, i.f.n Ergasheva Shaxlo Turgunovnalar ishtirok etishdi.
Ma’ruza qiziqarli va munozaraga boy bo‘ldi.
O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti