Toshkent davlat yuridik institutida «ILMIY MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH VA NASHR ETTIRISH FAOLLIGI» III Milliy ilmiy-ta’limiy forumi o‘tkazildi.
2018 yil 30 may kuni Toshkent davlat yuridik institutida, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan «ILMIY MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH VA NASHR ETTIRISH FAOLLIGI» mavzusida III Milliy ilmiy-ta’limiy forumi o‘tkazildi va ushbu yirik tadbirda O‘zbekistonda ilm-fan va nashr ettirish faolligini rivojlantirishga bag‘ishlangan dolzarb mavzular bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi, dunyodagi yetakchi nashriyotlarning elektron ilmiy-ta’limiy resurslarining dolzarb manbalari, dissertatsiya ishlarining samaradorligi haqida gapirib o‘tildi. Jahon ilmiy-ta’limiy manbalari va yuqori reytingli jurnallarda maqolalarni nashr etish imkoniyatlari bilan tanishtirish orqali O‘zbekiston Respublikasida ilmiy tadqiqotlar sifatini yaxshilash va nashr etish faolligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan forumda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Inovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi vakillari ishtirok etdilar.
Forumda institutimiz ARM direktori v.b. Sh.E.Tillashayxova va Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i S.X.Isaevlar ishtirok etdilar.
Forum yakunida OAV vakillari, anjuman ishtirokchilari, tashkilotchilari, ma’ruzalarga doir o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.
Axborot-resurs markazi direktorii v.b. Sh.E.Tillashayxova axboroti