Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo'yicha respublika idoralararo kengashi majlisining 2018-yil 8-fevraldagi 4-son bayoniga asosan 2018 yilda tashkil etiladigan "Yoshlar - kelajak bunyodkori!" shiori ostida o'tkaziladigan "Yoshlar festivallari" doirasida oliy ta'lim muassasalari talabalar teatr studiyalarining festivalini tashkil etilishi belgilangan.
Mazkur bayon ijrosini ta'minlash maqsadida oliy ta'lim muassasalari talabalar teatr studiyalarining festivalini tashkil etish va uni o'tkazish yuzasidan Respublika Tashkiliy qo'mitasi yig'ilishining qarori qabul qilindi.
Yuqorida qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta'minlash maqsadida 2018-yil 13-aprel sanasida institutimizning bir guruh iqtidorli, iste'dodli talabalaridan tashkil topgan "IMKON" institut teatr studiyasi festivalning saralash bosqichida 1-o'rinni qo'lga kiritib, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Institut jamoasi va talabalar nomidan "IMKON" jamoasi har bir a'zosini tabriklaymiz hamda keyingi bosqichda omad tilaymiz.
Madaniyat saroyi rahbari J.Komiljonov, Intitut yoshlar yetakchisi A.Berdimurodovlar axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.