Institutimizda 2018 yil 16 fevral kuni iqtidorli talabalarni turli tanlovlarga tayyorlash va ularni qishloq va suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirib borish uchun seminar-treninglar o‘z ishini boshladi. Mazkur treningda institutimizning iqtidorli talaba va magistrantlari ishtirok etishdi. Seminar-trening birinchi darsini magistratura bo‘limi boshlig‘i t.f.d., professor A.Yangiev “Gidrotexnika inshootlari xavfsizigi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusidagi ma’ruza bilan boshlab berdi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ushbu seminar-treninglar har xafta juma kuni soat 15:00 da reja asosida belgilangan joylarda bo‘lib o‘tadi.
IT va IPKT bo'limi 1-toifali muhandisi Yarova Sevara ma'lumoti