Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.I.10.03 raqamli Ilmiy kengashda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti mustaqil tadqiqotchisi Umarov Suxrob Rustamovichning 08.00.04-«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha «Suv xo‘jaligi tizimida innovatsion faoliyatni rivojlantirishning ilmiy–amaliy asoslarini takomillashtirish« mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi 2017 yil 24 noyabr kuni soat 14:00 da Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Ilmiy Kengash zali (B-bino 105-xona)da bo‘lib o‘tadi.

Barcha xohlovchilar taklif etiladi.