Ulug’ yoshli insonlar xayrli va qutlug’ ishlarda yoshlarga o’z maslahati va duplari bilan hamisha hamrozdir. 2018 yil 5 fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” 4-sonli tabalar turar joyida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi o‘qituvchi xodimlari professor Ifoda Axmedxadjaeva, Alisher Xadjaev, Sarvar Meliqo‘ziyev hamda tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar “Yurtimizda keksalarga qaratilayotgan e'tibor” mavzusida 5-qavatdagi talabalari bilan davra suhbati o‘tkazishdi.
Keksa yoshdagi insonlarga doimo g’amxo’rlik, ko’mak va etibor qaratishimiz kerak. Zeroki, bizning ota-onamiz ham ulardandir. “Qarisi bor uyning parisi bor”, - deydi dono xalqimiz. Chindan ham doimo yuzidan nur yoģilb qo’llarini duoga ochib elga qut-baraka, tinchlik, farzandlariga esa sihat-salomatlik tilaguvchi insonlar albatta, farishtadan kam joyi yo’q.
Keksalar yoshlarga o’rnak ularga to’g’ri yo’l ko’rsatuvchilardir. Bugungi kunda keksalarimizga davlatimiz tomonidan juda katta e'tibor qaratilmoqda. Shu jumladan ularning salomatliklariga jiddiy qaralmoqda. Xuddi shu yo’sindagi davlat dasturlari, qaror va farmonlar qabul qilinmoqda.
4-sonli TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov