Qishki ta’tildan qaytib kelgan talabalarimizning o‘quv jarayonlarini ko‘tarinki kayfiyat va yangi fikr, yangi g‘oya bilan davom ettirishlari ayni muddao. Shuning uchun ham Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan talabalar turar joylarida dasturxonlar bezatilib bayramona taom tayyorlanib tarqatildi.
Shu qatorda Toshkent davlat agrar universitetining talabalar turar joylarida istiqomat qilib kelayotgan “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” hamda “Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakultetlari talabalari uchun ham ToshDAU 7 – talabalar turar joyida ham ana shu maqsad amalga oshirildi.
Taom tayyorlash jarayonida oshpazlarga osh tayyorlashda talaba – yoshlarimiz beminnat ko‘maklashishdi.
Talaba – yoshlarimiz o‘zlarining she’riy musobaqalari hamda kuy – qo‘shiqlar va o‘yin – kulgulari bilan bu tadbirga chinakamiga bayramona shukuh baxsh etishdi.
QXM fakulteti Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ikrombek Raximov axboroti
Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov