Yuqori va o‘ta yuqori bosimli gaz razryadli lampalar

2 aprel  2018 yil 1 juftlikda institutimizning V o‘quv binosi 602 auditoriyada “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlardan foydalanish” kafedrasi dotsenti, t.f.n Bayzakov Taxir Mirzanovichning 3 bosqich talabalariga “Yuqori va o‘ta yuqori bosimli gaz razryadli lampalar” mavzusida ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzada “Bosh maxsus konstruktorlik byurosi – Agromash Aksionerlik jamiyati” yetakchi ilmiy xodimi Bekzod Choriev, “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlardan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda institut O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Toshevalar ishtirok etishdi. Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasini mavzuga oid umumiy ma’lumotlar berish bilan boshladi:

Shundan so‘ng o‘qituvchi talabalarga:

Yuqori  bosimli lampa lampasining afzalliklari:

1) har xil kichik va katta quvvat birligiga ishlab chiqiladi;

2) atrof muxitni sharoiti lampaning asosiy parametrlariga ta’sir etmaydi;

3) lyuminessent lampalarga qaraganda ITA da mis va po‘lat kam sarflanadi;

4) uncha katta bo‘lmagan razmerga ega.

hamda kamchiliklari:

1) nurlanishning spektr tarkibi uncha qoniqarli emas;

2) tashqi kolbaning xarorati katta bo‘lgani uchun tashqaridan tushgan nam tomchi uni parchalanishiga olib kelishi mumkin;

3) qaytadan yonish uchun 10-15 minut tanaffus talab qilinadi;

4) yorug‘lik oqimini lipillashi lyuminessent lampanikiga qaraganda ko‘proq;

5) faqat o‘zgaruvchan tokda ishlashi hamda dars mobaynida talabalar lampalarni o‘zlari tekshirib ishlash jarayoni, har bir element funksiyalarini bilib olishdi.

  

 

 

O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti