2018 yil 16 mart kuni soat 10:00 da “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Fatxullaev Fayzulla ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv mehmoni tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2916-sonli qarorining Toshkent shahridagi ijrosi bo‘yicha bajarilayotgan va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
"E va SRB" kafedrasi mudiri prof. A.T.Saloxiddinovning axboroti