Institutimiz rektori O‘. Umurzakovning 24 oktabrda tasdiqlagan 2018 yil oktyabr-dekabr oylarida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadidagi “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha chora tadbirlar Rejasiga muvofiq “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professori, t.f.d. A. Yusubaliev shahrimizdagi Shayxontoxur tumanida joylashgan 324-sonli maktab 6 - va 7-sinf o‘quvchilari bilan “Ilmdan boshqa najot yo'q” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida professor A. Yusubaliev ilmning inson hayotidagi eng oliy saodatga yetkazuvchi kuch ekanligi, Respublikamizdagi bir qator olimlarning ilm yo‘lida qilgan ishlari, buyuk bobokalonlarimizdan Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek va Imom al-Buxoriylarning olib borgan ishlari to‘g‘risida maktab o‘quvchilariga batafsil ma’lumotlar berdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
"Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari" kafedrasi mudiri D. Qodirov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov