Institut professor-o‘qituvchilarining 2018/2019 o‘quv yili yakuni bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, “ustoz-shogird” va boshqa sohalarda olib borgan ishlari 110-ballik mezon asosida 2019 yilning 20 iyun-10 iyul kunlari baholanishi e’lon qilinadi.
Professor-o‘qituvchilarning yil yakuni bo‘yicha faoliyatini baholash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 20-son qarori bilan tasdiqlangan mezon asosida olib boriladi.