Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “Texnik salohiyatni mustahkamlash” qo‘shma loyihasi doirasida 2019 yil 21 maydan boshlab navbatdagi “Suv xo‘jaligi sohasidagi professor-o‘qituvchilar uchun trening” 4-guruh tinglovchilari uchun o‘z ishini boshladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur trening 2019 yil 14 – 17 may kunlari 3-guruh tinglovchilari uchun bo‘lib o‘tgan edi.
Mazkur treningda institutning 13 nafar professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va ilmiy xodimlari ishtirok etdilar. Trening davomida ishtirokchilar dars sifatini yaxshilashga qaratilgan interfaol metodlar, ma’ruza, taqdimotlar qilish, materiallarni sodda va ravon uslubda yetkazib berish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Treningda barcha ishtirokchilar faol ishtirok etib sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.
Menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Durmanov ma’lumoti
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultanov