Ishlab chiqarish amaliyoti samarali oʼtmoqda

"Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti 3-bosqich talabalari o‘quv rejaga va institut rektorining buyrug‘iga muvofiq joriy yilning 22-iyunidan 1-avgustigacha “Ishlab chiqarish texnologik” amaliyoti o‘tashmoqda. Amaliyot davomida talabalar g‘alla o‘rim-yig‘imi jarayoni va unda qo‘llanilayotgan texnika vositalari ishi bilan yaqindan tanishib, o‘z bilim va malakalarini oshirishmoqda. Amaliyotning bu haftasida talabalar “Rostselmash” kompaniyasining Vektor-410 va O‘zKlaassagro zavodida ishlab chiqarilayotgan “Klaas” kompaniyasining Dominator-370 g‘alla kombaynlaridan foydalanish hamda o‘rim-yig‘im davrida yong‘inning oldini olish uchun dala chetlarida xavfsizlik yo‘laklari hosil qilishda qo‘llanilayotgan MTZ-80 traktori va PLN-3-35 plugining ish jarayoni bilan tanishishdi.