Bugun, 3 aprel kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash masalalari boʼyicha videoselektor yigʼilishi oʼtkazildi. (https://president.uz/uz/lists/view/3481) Muhokamalarga oʼtishdan oldin davlatimiz rahbari yana bir bor xalqimizga murojaat qildi. Prezident oʼz murojaatida talaba va oʼquvchi-yoshlarga ham toʼxtaldi:
- Men bugungi kunda uy sharoitida tahsil olayotgan talaba va oʼquvchi yoshlarimizga murojaat qilmoqchiman:
Аziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor oʼtkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan oʼzlashtiring. Kitob oʼqing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang.