AKADEMIK MIRZIYOD MIRSAIDOV  QARSHI  MUHANDISLIK - IQTISODIYOT INSTITUTIDA

Bu uchrashuvda iqtidorli bakalavriat talabalari, magistrlar, doktorantlar, Institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, universitetning yetakchi professor va dotsentlari  qatnashdilar. Bu uchrashuvda TIQXMMI dotsentlari A.Ishmatov va Sh.Xudoynazarovlar  ham qatnashishdi.

Uchrashuvni institutning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori t.f.d.,prof. G. Uzokov ochib,  akademik M.Mirsaidov to‘g‘risida qisqacha axborot berdi va so‘zni  M.Mirsaidovga  berdi.

M.Mirsaidov o‘z so‘zida O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida va muhtaram Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan e’tibori, ularga yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida gapirdi. Shu bilan birga yurtboshimizning fanda erishilgan yutuqlarning amaliyotga tadbiq qilinishiga katta e’tibor berayotganligiga, yuqori natijalarga erishgan ilmiy xodimlar albatta kelgusida taqdirlanishiga hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan to‘la imkoniyat yaratilayotganligini aytib o‘tdi.

Hurmatli Prezidentimiz ilmdagi eng katta ilmiy natijalarni ilmiy tadqiqot va oliy o‘quv yurtlarida ishlayotgan  yoshlardan kutayotganligini va bu bajarilayotgan ilmiy ishlar,  innovatsiya g‘oyalari, yangi texnologiyalar va ularning tadbig‘i bilan yakunlanishi haqida ham M.Mirsaidov gapirib o‘tdi.

Yoshlar va univesitet xodimlari  M.Mirsaidovga ko‘p savollar berdilar.

Berilgan barcha savollarga M.Mirsaidov  to‘liq javob qaytarishga harakat qildi.

Shu bilan birga M.Mirsaidov o‘z so‘zida ilmda yuqori natijalarga erishish   uchun yoshlarimiz tinmasdan mehnat qilib, yaxshi o‘qishlari  va har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lish uchun esa chet tillarini yaxshi bilishi  va  kitoblarni  ko‘p o‘qishga harakat qilishlari kerak deb ta’kidladi.

M.Mirsaidov kelajakda davlatimiz tomonidan qo‘yilayotgan dolzarb muammolarni yechish uchun bu institutda  yetarli sharoit borligini, bu institut bilan O‘zR FA va TIQXMMI o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirish  kerakligini aytib o‘tdi.

Bu suhbatlardan keyin yoshlarda ishonch va ko‘tarinki ruh paydo bo‘lganligini institut prorektori t.f.d., prof. G.Uzokov  o‘z so‘zida aytib, Prezidentimiz ishonchining universititetimiz yoshlari tomonidan albatta oqlanishiga ishonch bildirdi.

Institut xodimlari va iqtidorli yoshlari ilm-fanga katta e’tibor qaratayotganligi uchun Prezidentimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdilar.