Bo‘lim haqida
Institutni xo‘jalik moliyaviy faoliyatini yuritish uchun zarur mablag‘larni rejalashtirishi, institutning shtatlar jadvalini hamda harakatlar smetasini tuzish.
Moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida tuzib, tegishli yuqori tashkilotlarga topshirish bilan shug‘ullanadi.
Bo‘limning asosiy vazifalari :
-byudjet va byudjetdan tashqari harakat smetasini tuzish;
-byudjet va byudjetdan smetasini va shtat jadvalini yuqori tegishli moliya organlardan ro’yxatdan o‘tkazish;
-zarur hollarda o‘rnatilgan tartibda xarajat smetasi va shtat jadvaliga o‘zgartirishni kiritish;
-rahbariyatga bayram munosobatlari bilan va xodimlarning ish samarasiga ko‘ra (imkoniyat doirasida) xodimlarni mukofotlash bo‘yicha takliflar kiritish ;
Reja-moliya bo‘limi hisobini yuritishga doir normativ hujjatlar:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BYUDJET KODEKSI.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2753-soli NIZOMI.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2004 yil 16 aprelda 1339-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIGA STIPENDIYaLAR TAYINLASh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”gi NIZOM.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2013 yil 26 fevralda №2431-son bilan ro‘yxatga olingan “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kantrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2017 yil 21-fevralda №2859-son bilan ro‘yxatga olingan “ Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv,texnik,xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi QARORI.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish,tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi NIZOM.
Eng ko‘p beriladigan savollar:
Savol : Institutni tamomlangandan so‘ng magistrlar nega assistent lavozimiga emas,stajyor-o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilinadi?
Javob: OTM rahbarlari va professor –o‘qituvchilarga ish haqi razryadlarini belgilash to‘g‘risida OO‘MTV ning 2002 yil 21 avgustdagi 89-01-467-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomning 4 bandiga asosan pedagog stajiga ega bo‘lmagan mutaxassis 2 yil stajer-o‘qituvchi lavozimiga ishga olinishi belgilangan.
Savol : Kafedra va bo‘limlarga shtatlarni taqsimlash normativlari qanday?
Javob: Kafedra va bo‘limlarga shtat jadvallari OO‘MTV va Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2017 yil 21 fevraldagi 2859- sonli buyruq asosida shakllantiriladi.