Fakultetda talaba – yoshlarni ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasini boyitish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda va buning uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Shu qatorda joriy yil 1 iyun kuni V bino 8 o‘quv zalida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ilmiy xodimlari Ibodov Bekzod hamda Tursunov Muhammaddilshodlar ishtirokida QXM fakulteti 2 – bosqich talabalariga “Sog‘lom turmush tarzi” va “Salomatlik – kelajak garovi” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.
Institutimizga tashrif buyurgan shifokorlar tadbirda talabalarga mavzu bo‘yicha chuqur boyitilgan ma’lumotlar asosida tushunchalar berdilar.
Tadbir qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi va talaba – yoshlarni qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar berildi. Tadbirla 174 nafar talaba – yoshlar ishtirok etishdi.
QXM fakulteti Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha
dekan o‘rinbosari I.Raximov axboroti