Sog‘lom  avlod  –  sog‘lom  kelajak

Kelajak bunyodkori va mezoni bo‘lgan yoshlarning tarbiyasi qay darajada muhim bo‘lsa, ularning ta’lim masalasi ham benihoya muhim. Millat tanlamas illatlardan ularni himoya qilish davr talabi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlar siyosatiga oid Davlat dasturi”da belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida hamda yoshlarni giyohvandlik, alkogolizm, tamaki chekish kabi yomon illatlardan asrash, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish maqsadida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti miqyosida keng qamrovli  barcha bosqichlardan jami 220 nafar talabalar ishtirokida “Sport – yoshlar kamoli” shiori ostida MINI FUTBOL sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, 102 – guruh jamoasi faxrli 1– o‘rinni, 105 – guruh 2 – o‘rinni va 302 – guruh jamosi 3 – o‘rinni egalladilar.

Faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalar darajali diplom va medallar hamda g‘olib jamoa “Dekan kubogi”bilan taqdirlandilar.

   

 

“Qishloq xo‘jaligini mexnizatsiyalash” fakulteti ma’naviy – ma’rifiy   ishlar   bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ikrom Raximov axboroti,

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.