Salomatlik tuman boylik ekanini bilganimiz holda, o'z hayotimizga, turmushimizga befarq qolamiz ba'zan. Sog'lomlik hayotimizga, ongu shuurimizga, tafakkur olamimiz hamda ruhiyatimizga ko'chsa, turmush go'zallashib boraveradi. 26 aprel kuni 2 - TTJda "Sog'lom turmush tarzi asoslari va tamoyillari mavzusida" ma'naviyat soati bo'lib o'tdi . Mavzuni tibbiyot fanlari nomzodi Ismoilov Kenjaboy Jangiboyevich keng yoritib berdilar. "Salomatlik bu nafaqat insonda biron-bir kasallik yoki jismoniy nuqsonning yo'qligi , balki to'liq jismoniy, ruhiy, ijtimoiy xotirjamlik holatidir. Sog'lom turmush tarzi yo'nalishlari: Tibbiy madaniylik, jismoniy harakat, shaxsiy gigiyena, to'g'ri ovqatlanish, kun tartibiga rioya qilish zararli odatlardan voz kechish, ekologik tarbiya, ruhiy salomatlikni asrash .
Chekish va uning inson salomatligiga zararlari haqida gapirib o'tildi. Talabalar o'zlari qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi. "GIM", "GTS" fakultetlari talabalari faol qatnashishdi. Ma'naviyat soati "Gim" fakulteti ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Ro'ziboyev Ortiq Ro'ziboyevich, TTJ hokimi Yuliyev Zokirjon, tarbiyachi-pedagog Sagdullayeva Dilorom Muxiddinovnalar tomonidan tashkillashtirildi.
2- TTJ tarbiyachi - pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.