Sohibqironning boshqaruv mexanizmi

Buyuk siymolar o‘z qudrati va salohiyati bilan dunyoga dong tarata oladi. Ularning hayoti va faoliyati ibrat bo‘lishi bilan birga amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari yuzlab tadqiqotlarga asos bo‘la oladi. Shubhasizki, sohibqiron Amir Temur siymosi ana shulardan biridir. Ularning harbiy taktikasi va boshqaruv salohiyati borasida ko‘plab kitoblar yozilgan. Ana shunday kitob mualliflaridan biri tarix fanlari doktori, professor Shohistaxon O‘ljaevadir. Amir Temur siymosi ilmiy asos va badiiy manba sifatida ham qiymatlidir. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, iqtidorli shoir Axtamqulining sohibqironga bag‘ishlov she’rlari badiiylikning muhim mezonlaridan biri sifatida mohiyatlidir. Olim va shoirning institutimizdagi ijodiy muloqoti ancha sermazmun bo‘ldi.

“Ibratli, ijodkor insonlar” ruknidagi ijodiy muloqotning  mavzusi “Amir Temurning diplomatiyasi, boshqaruv mexanizmi” deb nomlandi. Moderator sifatida ustoz Rahimboy Jumaniyozov ma’rifiy tadbir mehmonlarini tanishtirib, ularni sahnaga taklif qildilar.

Ma’lumki, 9 aprel Sohibqiron Amir Temur davlat arbobi, buyuk sarkarda tavallud topgan. Tavalludining 682 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ijodiy muloqotda professor Shohistaxon O‘ljaeva Amir Temurning davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida xarakterlovchi qiziqarli ma’lumotlar bilan talabalarga atroflicha tushuncha berdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, iqtidorli shoir Axtamquli o‘zining dilgir she’rlari bilan talaba va professor-o‘qituvchilarning olqishiga sabab bo‘ldi.

 

“Gumanitar fanlar” kafedrasining o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti,

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.