So‘roqlab turar bahor

O‘zbekiston halq shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud  kuni munosabati bilan 2018 yil 1 mart kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Bahor keldi seni so‘roqlab” shiori ostida “Gidromelioratsiya” fakulteti 1-bosqich talabasi Yoshlar ittifoqi yetakchisi Komila Jumanazarova tashabbusi bilan she’riyat kechasi o‘tkazildi.

Qatnashganlar tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotov “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi o‘qituvchi  xodimi Dolidudko Aleksandr tadbir davomida Azizbek Zokirjanov, Madina Yusupalieva, Azizbek Musaev, Qamariddin Abdug‘apparov, Shaxzod Egamov, Nurbek Kamolov, Surayyo Saidumarovalar O‘zbekiston halq shoirasi Zulfiya Isroilova she’rlaridan  yoddan o‘qib berishdi.

Shuningdek, eng faol ishtiroq etgan talabalarga institut rektori tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB

Salqin saharlarda, bodom gulida

Binafsha labida, yerlarda bahor,

Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

  

 

4 –TTJ tarbiyachi pedagogi JavlonbekQutlimurotovaxboroti

Institut matbuotkotibiRahimboyJumaniyozov