Hayot dovonlar osha harakat bo‘lgani kabi ta’lim jarayonining ham yuksak pillapoyalari bor. Unga intilish kasb tanlash orqali bo‘lishi aniq. Ma’lum bir maqsadni o‘z oldiga qo‘yib unga erishish uchun to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq va maslahat zarur.
Joriy yilning 5 may kuni institutning “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetida akademik litsey o‘quvchi – yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda institut qoshidagi akademik litseydan 110 nafar va “International house in Toshkent” akademik litseyidan 120 nafar o‘quvchi – yoshlar ishtirok etishdi. Akademik litsey va kasb hunar kollejlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Abdusaid Isakov, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani Erkin Farmonov, fakultet professor – o‘qituvchilaridan Berdirasul Xudayarov, Ismatulla Gubaevlar o‘quvchi – yoshlarga institut tarixi va hozirgi kundagi hayot faoliyati hamda bu institutda ta’lim olib qaysi sohaning egallashlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berishdi va institut bo‘ylab sayohat uyushtirishdi.
O‘quvchi – yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar olib, institut to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
“QXM” fakulteti ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ikrom Raximov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.