Intellektual salohiyat bilim va tafakkurdan boshlanishi aniq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 5 - iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli farmoni, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida 2018 - yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” hamda oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalarida amalga oshirilgan islohotlar, o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2018 - yil 16 - martdagi 24-sonli qo‘shma qarori hamda 2018-yil 26-martdagi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy ishchi guruh yig‘ilishi 1-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2018-yil 23-aprel kuni Toshkent Moliya institutida “Tafakkur sinovlari” Republika tanlovining navbatdagi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Saralash bosqichida
1) Soliq Akademiyasi, 2) Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti, 3)Toshkent Temir yo‘l muhandislari instituti, 4)Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutlarining jamoalari 4 shart bo‘yicha bahs olib borishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, katta mehnatlar evaziga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti faol talabalardan iborat “IRRIGATOR” jamoasi 1-o'rinni egalladi. Ayni damda ular keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Keyingi bosqichda institut jamoasiga omad tilaymiz.
Yoshlar ittifoqining institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Akmal Berdimurodov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov