2019 yil 30 aprel – 3 may kunlari Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “Texnik salohiyatni mustahkamlash” qo‘shma loyihasi doirasida “Trenerlar uchun trening” tashkil etildi.
Bu treningda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari institutining 15 nafar professor-o‘qituvchilari va doktorantlari ishtirok etdi. 4 kunlik trening davomida tinglovchilarni o‘z sohalari bo‘yicha faoliyatida ma’ruza, taqdimotlar qilish, dars sifatini yaxshilash, tinglovchilarga materiallarni sodda va ravon uslubda yetkazib berish bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishdi. Treningni muvaffaqiyatli tugata olmagan dotsentlar A.Usmonov, Sh.Mardonov, assistent N.Markaevlarga tegishli sertifikatlar taqdim etilmadi.
Malaka sertifikatlariga ega bo‘lgan 1-guruhning 12 nafar tinglovchilari o‘zlari faoliyat yuritayotgan kafedra va bo‘limlarga treningda olgan bilimlarini taqdimot qilib berishlari belgilangan.
2-guruh tinglovchilari uchun mazkur trening joriy yilning 7 may kunidan boshlanadi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultonov.
Tuproqshunoslik va dehqonchilik kafedrasi dotsenti S.Buriev.