Sogā€˜lom turmush tarzi

2018-yil 30-mart TIQXMMI 3-sonli TTJda institutimiz xotin-qizlar qo`mitasi raisi Xafizova Zulfiya, tarbiyachi pedagog Xaitova Aziza hamda Mirzo Ulug`bek tumani O`zbekiston Qizil yarim oy jamiyati hamshirasi Muxtorova Shahnoza bilan hamkorlikda xotin-qizlarning sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish bo`yicha seminar tashkil qilishdi.

Bu seminarda hozirgi kundagi global muammolardan biri ichish, chekish va giyohvandlikning oldini olish va ularning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va qiziqarli o`yinlar tashkil etildi. Bu kabi seminarlar ko`proq tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo`lishi haqida takliflar berildi.

  

3 – sonly TTJ tarbiyachi pedagogi Xaitova Aziza axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov