Ziyoratning ziyosi

Talabalar ong-u tafakkurining rivojida o’zi o’qigan va eshitgan ma’lumotlaridan tashqari o’zi ko’rib xulosa chiqazgan holatlarning o’rni bo’lakcha. Har bir insonning o’z umri mobaynida yetkazgan manfaati bois xalqining tarixiy taqdirida muhim o’rin tutishi xayrlikdir. Tarixiy siymolar, davlat arboblarining  barhayotlik belgisi ham shunda.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Suv xo’jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi, 1-bosqich, 102-guruh talabalari guruh murabbiyi Sh.H.Mardiyev rahbarligida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasini yod etib, “Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmua”ga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Birinchi Prezidentimiz monumenti poyiga gul qo‘yilib, ulug‘ insonning beqiyos xizmatlari aks ettirilgan fotosuratlar, videolavhalar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Sh.H.Mardiyev ma’lumoti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov