O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari”ga binoan institutimiz axborot resurslari markazida “Startaplar” bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Davra suhbatida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti doktoranti E.Ozodov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i G.Farmankulova va hodim U.Kdirbaev, barcha fakultet dekanlari, Iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish kafedra mudiri A.Turdiev hamda professor o‘qituvchilar, iqtidorli talabalar qatnashdi.
Davra suhbatini Iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish kafedra mudiri A.Turdiev ochib berdi va E.Ozodov “Startaplar” bo‘yicha yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan ishlar xaqida aytib o‘tdi. Davra suhbati qiziqarli bo‘lib o‘tdi. Iqtidorli talabalar “Startaplar” bo‘yicha kengroq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi va o‘zlari tushunmagan savollariga javoblar olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati