2018 yil 11 may kuni soat 18:00 da “Iqtisodiyot va menejment” fakultetiga biriktirilgan 3-TTJda 2018 yil 30 aprel TIQXMMI rektorat a’zolari yig‘ilishining 2017-2018 o‘quv yilidagi 34-majlis bayoni 7-bandida belgilangan “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti professor-o‘qituvchilari jamoasi (har juma) TTJda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilishi samaradorligini vazifalari ijrosi yuzasidan “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri U.Sangirova, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev va kafedra professor-o‘qituvchilari hamda 20 nafar talabalar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy sohasining roli, ahamiyati va tartibga solish mexanizmlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasini amalga oshirish doirasida qabul qilingan 20 dan ortiq qonunlar, 180 dan ortiq farmonlari va 450 ortiq qarorlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash hozirgi bosqichda ko‘zlangan maqsadlarga erishishining muhim sharti ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy sohasining roli, ahamiyati va tartibga solish mexanizmlariga oid ma’lumotlar bilan “Iqtisodiyot” kafedrasi mudirasi Sangirova Umida Ravshanovna so‘zga chiqdi va talabalarga mamlakatimizda hozirgi kunda olib ijtimoiy sohada borilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va yutuqlar haqida qisqacha gapirib o‘tdi.
Shundan so‘ng talabalarga “Iqtisodiyot (suv xo‘jaligida)” kafedrasining katta o‘qituvchisi Sh.Murodovning “O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy sohasining roli, ahamiyati va tartibga solish mexanizmlariga” mavzusida tayyorlangan prezentatsiyasi namoyish etildi. Tadbir qizg‘in savol-javoblar asosida bo‘lib o‘tdi.
“I va M” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev