Shu yilning 31-yanvar kuni V bino 603-xonada "5A3010201-Elektr ta’minot(suv xo‘jaligida)" mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlarining shaxsiy kalendar ish rejasida ko‘rsatilgan ishlarni bajarish bo‘yicha 2019-2020 o‘quv yilining I semestri davomida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha topshirgan hisobotining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ilmiy faoliyat hisobotida 118(uzb),119(rus)-guruh magistrantlari o‘zlarining shaxsiy kalendar ish rejasida belgilangan ilmiy faoliyatni bajarish yuzasidan tayyorlagan taqdimotlari kafedra professor-o‘qituvchilari va magistratura talabalarining ilmiy rahbarlari ishtirokida eshitildi. Taqdimot davomida kafedra professor-o‘qituvchilari har bir magistrant taqdimoti bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga qoniqarli javob olishdi. Hisobot so‘ngida taqdimotdagi kamchiliklar aytib o‘tildi va ularni to‘g‘rilashlarga tavsiyalar berildi hamda komissiya a’zolari tomonidan tegishli tartibda baholandi.
ETvaQTEM kafedrasi laboranti Abdug‘aniev N. axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov