30-yanvar kuni institut psixologi M. K. Muxamedova YERB fakulteti 1-kurs talabalaridan G.Yu. Аyzenkning 80 ta savoldan iborat qobiliyatni aniqlashga moʼljallangan soʼrovnoma oʼtkazdi. Fakultet dekani Sh. Norbaev talabalarga soʼrovnoma orqali ishtirokchilarning qobiliyatlari va ularning qiziqish yoʼnalishlari aniqlanib kerakli toʼgaraklarga jalb etish mumkinligi toʼgʼrisida soʼz yuritdi va sidqidildan barcha talabalar soʼrovnomada faol ishtirok etishlari kerakligini aytib oʼtdi. Soʼrovnomani oʼtkazishda institut psixologi M.K. Muxamedovaga barcha fakultet rahbarlari, jumladan Sayfiddin Sharipov, Hurriyat Eshovalar yaqindan yordam berishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati