Oldin xabar qilganimizdek, yosh olim R.F.Salaxodjaev falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yozmasdan TIQXMMI huzuridagi DSc.03/30.01.2020.I.10.03 raqamli ilmiy kengashning 2021-yil 17-fevraldagi majlisida chop etgan ilmiy maqolalari bo‘yicha «Qishloq xo‘jaligida tabiiy-iqlim resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanishda inson va ijtimoiy kapitalning roli» mavzusida tayyorlagan taqdimoti natijalariga ko‘ra Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash unga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishga qaror qilgandi.
Respublikada birinchilardan bo‘lib Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ixtisosligining 2-yil tayanch doktoranti Salaxodjaev Raufxon Farxodxonovich i.f.d., professor O‘.Umurzakovning ilmiy rahbarligida bajargandi.
Bugun rektorat kengashida yosh olimga tantanali suratda diplom topshirildi. Institut rektori, professor O‘. Umurzakov falsafa doktori (PhD) diplomini R. Salaxodjaevga topshirar ekan, keyingi ilmiy faoliyatida ham omadlar yor bo‘lishini tilay turib, barchani fasllar kelinchagi Bahorning ilk kuni bilan qutladi.
TIQXMMI matbuot xizmati