Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Aynan ikknchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakultetning “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Hafizova tashabbusi bilan 3 - talabalar turar joyida istiqomat qiladigan fakultet talaba-qizlari o‘rtasida sportni shashka-shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda talabalar turar joyidagi barcha qizlar faol qatnashdilar. Bahslar juda qiziq tarzda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan talaba-qizlarimiz fakultet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi. Ushbu musobaqadan talaba-qizlarimiz juda mamnun bo‘lishdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kelgusida shu kabi musobaqalar doimiy ravishda o‘tkazilishi rejalashtirildi.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati