Amaliyot innovatsion g‘oyalarning asosiy elchisi

“Irrigatsiya va melioratsiya” hamda “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari: prof.Matyakubov B.Sh, prof. Isayev S.X., dots. Botirov Sh.Ch., ass.Yulchiyev D.G., Gadoyev N.M., st.tad.Malikov E.N. hamda 1-kurs magistranti Usmanov M.R.lar Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida IZ-2020052525-sonli “Sirdaryo viloyatining tabiiy ofat yuz bergan sug‘oriladigan maydonlarida avtomatlashtirilgan-raqamli texnologiyalarga asoslangan “dala-sug‘orish texnologiyasi-sug‘orish tizimi” Smart texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi” bilan tuzilgan innovatsion grant shartnoma asosidagi 2021 - yil ish dasturida ko‘rsatilgan dala tajriba ishlarining vegetatsiya davri boshidagi ishlar amalga oshirildi.

 

 

Jumladan, tajriba ishlari olib boriladigan dala tanlab olinib, tuproq kesmasi tayyorlandi va tuproq kesimi qatlami chuqurligining o‘zgarishi belgilanib olindi. Shuningdek, morfologik tavsiflar yozib, Kachinskiy uslubida tuproq mexanik tarkibini aniqlash bo‘yicha namunalar olindi.

 

Shu bilan birga, tajriba dalasidagi tuproqning dala nam sig‘imi va suv o‘tkazuvchanligi aniqlandi hamda kelgusida bajariladigan ishlar to‘liq rejalashtirildi.

TIQXMMI matbuot xizmati